2002-yil 15-yanvarda Buyuk Britaniyada ilk bor Milliy shoʻrva kuni oʻtkazildi. Rossiya prezidentining rafiqasi Lyudmila Putina ham bunga oʻz hissasini qoʻshdi. U "Tayms" gazetasiga turmush oʻrtogʻi uchun tayyorlaydigan shoʻrva retseptini maʼlum qildi. Buning uchun sudak, choʻrtan baliq, kartoshka, sabzi, piyoz, tuxum, pomidor, apelsin poʻstlogʻi, selderey, boshli piyoz va ziravorlar kerak boʻladi. Ehtimol, aloqadagi nosozliklar tufayli shoʻrva ekzotik nom oldi va darhol xitga aylandi. Ushbu nomni ayting.