Jaloliddin Rumiyning turk, fors, arab va yunon haqidagi masalidan parcha: Fors boshqalarga dedi: "Yuring, bozorga borib angur sotib olaylik!" Arab gʻazab bilan uning gapini boʻldi: "Yolgʻon gapiryapsan, men angur xohlamayman! Men eynab xohlayman!" Turk ularning gapiga aralashdi: "Bu nima shovqin, doʻstlarim? Yaxshisi uzyum olgan maʼqul emasmi!" Yunon esa: "Siz qanaqa odamsizlar, — deb hayqirdi. — Kelinglar, stafil sotib olib, uni yeymiz!" Ehtimol, turkcha "uzyum" — uzum ekanligini anglagandirsiz. Diqqat, BLITS! 1. Fors tilidan "angur" soʻzini tarjima qiling. 2. Arab tilidan "eynab" soʻzini tarjima qiling. 3. Yunon tilidan "stafil" soʻzini tarjima qiling.