Fors shoiri Jaloliddin Rumiyning masallaridan biri bir kuni kumush tanga topib olgan toʻrt doʻst — turk, fors, arab va yunon haqida hikoya qiladi. Bu pulga nima sotib olish haqida darhol bahs boshlanadi. Biri angur, ikkinchisi eynab, uchinchisi uzum, toʻrtinchisi esa stafil olishni talab qiladi. Oxir-oqibat toʻrt doʻst ashaddiy dushmanga aylanishadi. Ushbu janjalning oldini olishi mumkin boʻlgan insonning kasbini ayting.