Yozuvchi Efraim Sevelaning "Toʻxtating samolyotni, tushib qolaman" asarida keltirilishicha, sovet davrida odamlar koʻcha-koʻyga chiqqanlarida choʻntaklarida, albatta, bir predmetni olib yurishar ekan. Bunga sabab esa sovet davridagi rejali iqtisodiyot siyosati edi. Oʻsha predmetning koʻrinishi ham sovet kishisi boshqalardan hech narsani yashira olmasligi uchun rejalashtirilgandek taassurot qoldiradi. Diqqat savol: oʻsha predmet nomini oʻzbekcha qoʻshma soʻz bilan yozib bering.