Yadroviy Gandi – bu mashhur internet mem boʻlib, unga koʻra “Sid Meyer Sivilizasiyasi” oʻyini personaji, insonparvar Gandi maʼlum bir bosqichda oʻta agressiv boʻlib qoladi va barcha qoʻshnilariga yadroviy hujum qila boshlaydi. Dasturchilarning memni rad etuvchi faktlarni keltirishiga qaramay u keng tarqalib ketadi. Turli forumlarda ixlosmandlar Gandi boshchiligidagi Hindiston ularga yadroviy qurol bilan tahdid qilganligini yodga ola boshlaydilar. Bu haqidagi Vikipediya maqolasida yana bir davlat rahbari familiyasini uchratish mumkin. Ushbu familiyani yozib bering. “VAQT KETDI”!