XX asrning ushbu ikki adabiy qahramoni 11 yil farq bilan dunyoga kelgan, biroq ularda koʻplab umumiylik bor. Ularning familiyalari bir-biriga juda oʻxshash, ikkalasi ham yolgʻiz insonlar boʻlgan, qarama-qarshi jins vakillariga boʻlgan qiziqish esa ular uchun shaxsiy fojia bilan yakunlangan. Ikkalasi ham shifokor boʻlgan va inson psixologiyasini yaxshi tushunishgan. Birinchi qahramon oʻz tadqiqot obʼyektlarini odamlardan koʻra koʻproq yaxshi koʻrgan, ikkinchisining tadqiqot obʼyekti esa umuman yagona nusxada mavjud boʻlgan. Ammo bu qahramonlarning tadqiqot obʼyektlari tadqiqotchilar bilan, taʼbir joiz boʻlsa, yomon hazil oʻynashgan. Ushbu obʼyektlarni ayting.