Ushbu ikki qahramon oʻtgan asrda, garchi turli vaqtlarda boʻlsa-da, paydo boʻlgan. Bir qarashda ularning oʻrtasida umumiylik yoʻqdek. Toʻgʻri, ikkalasi ham ijobiy qahramondan koʻra koʻproq antiqahramon hisoblanadi, ammo shunga qaramay, bizda samimiy hamdardlik uygʻotadi. Yana bir qiziqarli jihat. Birinchi qahramonning qarindoshiga shifokor tashrif buyurganidan koʻp oʻtmay, unda yaxshilikka umid paydo boʻladi. Ikkinchisi esa shifokor bilan tanishgandan soʻng Nadejdani (Umidni) yoʻqotdi. Aytgancha, bu ikki qahramonning ismi bir xil. Ushbu ismni ayting.