Ularni nima birlashtirishi mumkin deb oʻylaysiz? U Osiyoda yashagan, ayol esa — Yevropada; ayol XVIII asrda tugʻilgan, u esa — ancha oldin, garchi qachonligini hech kim bilmasa ham; u oddiy xalq vakili — ayolning tomirlarida esa qirol qoni oqqan. Uning ismi Xoʻja Nasriddin, ayolniki — malika Pirlipat edi. Toʻxtang, biz sizga ortiqcha maʼlumot berib yubordik shekilli. Hurmatli bilimdonlar, afsuski, bizning pochta dasturimiz interfeysi yozilgan narsani oʻchirishga imkon bermaydi, shuning uchun iltimos, ushbu gapdan boshlab oxirgi uchta gapni unuting va buning oʻrniga biz buni yozayotganimizda unutib qoʻygan savolni eslang.