U (erkak) va U (ayol) hech qachon uchrashmaganlar, ammo taqdirlari koʻp jihatdan oʻxshash. Ikkalasi ham avval otasining, keyin esa onasining oʻlimini boshdan kechirishga majbur boʻlgan, ota-ona mehrini ham koʻrmaganlar. Ikkalasini ham qadimgi yunon miflarida uchratish mumkin, shuningdek, ular XIX asr oxiri va XX asr boshidagi bir nazariyada tilga olinadi. Biroq U (ayol) sizga koʻproq 1981-yilgi asar orqali tanish. Agar ismlari bir xil harf bilan boshlanishi maʼlum boʻlsa, UNI (erkak) va UNI (ayol) ayting.