XVIII asr boshlarida «Qora soqol» laqabli mashhur qaroqchi Edvard Tich Karib dengizidagi kichik bir orolga oʻz jamoasining isyon koʻtargan 15 nafar aʼzosini tushirib qoldiradi va ularning har biriga bittadan qilich va bir shisha rom beradi. U ichimlik suvi boʻlmagan bu quruqlik parchasida isyonchilar mast boʻlib, bir-birini oʻldiradi deb umid qilgan. Bir oy oʻtgach, orolga qaytib kelganida, ularning barchasini sogʻ-salomat koʻrib hayratda qoladi. Ayting-chi, orol qanday nomlangan edi?