Reyter agentligi yaqinda Britaniya Qirollik Geografiya Jamiyatiga tayanib xabar berishicha, bir tadqiqotchi Virjiniya orollari folklori va tarixini oʻrganayotganda quyidagi hikoyaga duch kelgan: Edvard Tich ismli, "Qora soqol" laqabli bir qaroqchi kunlarning birida isyon koʻtargan jamoasini Karib dengizidagi faqat qoyalardan iborat va ichimlik suvi boʻlmagan kichik bir orolchaga tashlab ketgan. Har bir qaroqchiga u bittadan qilich va bir shisha rom bergan — u qaroqchilar bir-birini oʻldirib bitiradi deb umid qilgan. Uning hayratiga sabab, bir oydan keyin qaytib kelganida, u oʻn besh kishi tirik qolganini koʻrgan. Endi esa savol: bu orolcha qanday nomlangan?
Oʻlik odamning sandigʻi (Oʻlik odamning sandigʻida oʻn besh kishi, yo-xo-xo va bir shisha rom).