Valensiyadan topilgan XV asrning ikkinchi yarmiga oid "Shaxmat qonunlari" qoʻlyozmasida ULARNING uch turi borligi aytiladi: toʻliq qirgʻin, oddiy va majburiy. Hammasi deyarli hayotdagidek. Toʻgʻri, tarixchilar ULARNING nomdoshlarini butparastlik afsunlarining aks-sadosi deb atashadi. Muallifning suhbatdoshlaridan biri ULARNI ziravorlarga qiyoslagan. Muallifning hamkasbiga esa ish jarayonida doim ULARNING boshqa bir nomdoshi yetishmaydi. ULARNI ayting.