XIX asr oxirida BU so‘z arzon vino yoki yomon qahvani tezda ichib olish mumkin bo‘lgan muassasani anglatuvchi termin sifatida o‘rnashib qoldi. Ba’zilarning ta’kidlashicha, termin asosida "suv, spirt va murch, limon kabi boshqa ingredientlardan aralashma tayyorlash, lekin har qanday holatda ham past sifatli ichimlik tayyorlash" ma’nosini anglatuvchi fe’l yotadi. Shuningdek, fransuz lo‘lilari tilida ham yuzlab yillar davomida ohangdosh so‘z mavjud bo‘lgani aytiladi. Va u aynan hozirgi ma’noni anglatgan. Langidokda bunday muassasalar XVII asrdan beri mavjud bo‘lgani ta’kidlanadi. Endi BU so‘zni bir daqiqa ichida aytish uchun ma’lumot yetarli.