XIX asr Britaniya flotida bir an’ana bor edi: xatlar smolalangan matoga tikib yuborilardi — bu shtorm paytida xatlarni qayiqda tashishga toʻgʻri kelsa, ularni dengiz suvidan himoya qilardi. Xoʻsh, xatlar solingan paketga nima uchun kartech (oʻq-dori) solib qoʻyilgan?
Agar dushman qoʻliga tushish xavfi tugʻilsa, paket choʻkib ketishi uchun.