Mineral suvni buloqning oʻzidan ichish eng foydalidir. Ammo bu hamma uchun ham imkonli emas. Shuning uchun mineral suvni idishlarga quyish boshlangan. Bu ancha eski tajriba. Hali XIX asr boshlarida Moskva universiteti professori Xristian Loder Moskvada "Mineral suvlar muassasasi"ni ochgan. U yerda haqiqiy kurortdagidek mineral suv ichish mumkin edi, lekin faqat shishalarda. Oʻsha paytlarda ular asosan chet eldan keltirilardi. Shahar markazida aslzodalar shoshilmasdan sayr qilib, suv ichayotganini kuzatish mumkin edi. Oddiy xalq bu muassasa mijozlarini bekorchilar deb hisoblab, ularni oʻzlaricha atay boshlashgan. Qanday qilib?
"Lodyerlar" (dangasa, bekorchi maʼnosidagi "lodir" soʻzi shundan kelib chiqqan).