XIX asr boshlaridagi ingliz muallifi Tomas Lav Likok "Dahshatlar abbatligi" kitobida goʻyoki oʻrta asrlarning mashhur asarini oʻqiyotgan bir kishini tilga oladi. Bir qiz unga: "Men koʻryapman: Siz IKKINCHISINING oʻrtasidasiz", deb murojaat qilganida, u gʻazab bilan: "Men BIRINCHISINING oʻrtasidaman", deb javob beradi. Qahramon qaysi asarni oʻqiyotganini topgan boʻlsangiz, UCHINCHISINI ayting.