Rossiya qadimdan bochka yasash sanʼati bilan mashhur boʻlgan. Rossiyalik bochkashlar yasagan bochkalarda nimalar saqlanmagan deysiz — smola, vino, yogʻ, shakar, asal. Biroq XIX asr oxirida Rossiya bozorlarida yangi mahsulotning mahalliy namunasi paydo boʻlishi bilan uni saqlash uchun yangi bochkalarga ehtiyoj tugʻildi. Ularni ishlab chiqarish uchun ketma-ket archa, qaragʻay, joʻka daraxtlari sinab koʻrildi va rad etildi. Faqatgina togʻterak (osina) ushbu mahsulotni saqlash uchun yaroqli deb topildi. Ushbu mahsulotni ayting.