Ushbu ingliz tadbirkori "ingliz turmush tarzini shakllantirishdagi" xizmatlari uchun ser unvoniga sazovor boʻlgan. XIX asr oʻrtalarida Angliyada Seylon oroli Britaniya koloniyasi emas, balki UNING nomi bilan ataluvchi koloniya ekanligi haqida hazil yurgan. U asos solgan kompaniya daromad darajasi boʻyicha "Pepsi" va "Koka-kola" bilan tengma-teng raqobatlashadi. Ushbu tadbirkorning ismini ayting.