Bu voqea XIX asrning birinchi yarmida Amerikada sodir boʻlgan. Nyu-Orleandagi yarmarkada havoga havo shari koʻtariladi. Toʻsatdan kuchli shamol esib, sharni shahardan chetga olib ketadi va aviator negrlar paxta terayotgan paxta dalasining oʻrtasiga qoʻnishga majbur boʻladi. Havo sharini koʻrgan negrlar har tomonga qochib ketishadi. Faqat bir keksa negr qochmaydi. U shar qoʻnishini kutib, sayyohning oldiga keladi va uni qutlaydi. U sayyohga qanday murojaat qilgan?