Ushbu tabiat hodisasi qadimdan koʻplab afsonalarga sabab boʻlgan. Qadimgi olmon qabilalari unda valkiriyalar qalqonini koʻrishgan, oʻrta asr yevropaliklari buni vabo darakchisi deb hisoblashgan. Eskimos qabilalarining ishonchiga koʻra, bu oʻlganlarning ruhlari osmonda morj kalla suyagini bir-biriga otishidir. Avstraliya aborigenlari buni xudolar raqsi deb bilishgan, Seylon aholisi esa bunda Budda tomonidan yuborilgan xabarni koʻrishgan. Bu yilning istalgan vaqtida sodir boʻladi, lekin yulduzlar kabi faqat qorongʻu osmonda koʻrinadi. Bu nima?