XIX asrda jurnallardan birida katta shov-shuvga sabab boʻlgan maqola chop etiladi. Unda bir olim 20 ta hayvon sotib olgani haqida xabar beriladi. Avvaliga u ulardan birini boʻlaklarga boʻlib, qolgan 19 tasini shu goʻsht bilan boqadi. Keyin u ikkinchi hayvon bilan ham xuddi shunday yoʻl tutadi, soʻng uchinchisi bilan va hokazo, toki oxirgi bitta hayvon qolguncha. Shunday qilib, oxirgi hayvon oʻzining 19 ta turdoshini yeb bitiradi. Oʻshandan beri bu hayvonning nomi gazeta sahifalaridan tushmay kelmoqda. Bu qaysi hayvon?