Oʻn toʻqqizinchi asrning yigirmanchi yillarida Antverpen gazetasida ilmiy tajriba haqida maqola chiqdi. Qafasga yigirmata bir xil hayvon solindi. Bittasini oʻldirib, boʻlaklarga boʻlib, qolganlariga tashlashdi. Ular yemishni yeb bitirishdi. Shu zahoti yana birini soʻyishdi... Va bu holat yagona jonivor qolguncha oʻn toʻqqiz marta takrorlandi. Bu xabar koʻplab Yevropa gazetalarini aylanib chiqdi. Bir necha yildan soʻng esa Amerika matbuotida barcha sheriklarini yeb bitirgan oʻsha hayvonning ichki aʼzolarini tekshirish natijalari haqida shov-shuvli bayonnoma eʼlon qilindi. Bu qaysi hayvon edi?