Londonning Murfild tumanidagi ushbu muhtasham bino tasodifan yoki ataylab Lyudovik XIV ning mashhur Tyuilri saroyi namunasida qurilgan. Aytishlaricha, Lyudovik bundan xabar topgach, oʻz saroyiga hojatxonalar uchun maxsus qoʻshimcha bino — Londonning Sent-Jeyms saroyi nusxasini qurishni buyurgan. Gap qaysi bino haqida ketmoqda?
Bedlam binosi — Avliyo Mariya Vifleyem kasalxonasi haqida.