Londonning Murfild tumanidagi ushbu muhtasham va haybatli bino tasodifan yoki ataylab Lyudovik XIV ning ajoyib qarorgohi — mashhur Tyuilri saroyi namunasida qurilgan. Aytishlaricha, Lyudovik bundan xabar topgach, oʻz saroyiga hojatxonalar uchun maxsus qoʻshimcha bino — Londonning Sent-Jeyms saroyi nusxasini qurishni buyurgan. Gap qaysi bino haqida bormoqda?
Bedlam binosi — Avliyo Mariya Vifleyemskaya shifoxonasi haqida.