Papa Kliment XIV bir xonimning «kotiblaringiz haddan tashqari koʻp gapirib yuborishidan qoʻrqmaysizmi?» degan savoliga, uning uchta kotibi hech qachon sirlarini sotmasligiga ishonchi komilligini aytgan. Hurmatli bilimdonlar, shubhasiz, barchangiz ushbu kotiblar xizmatidan bir necha bor foydalangansiz. Ularning uchalasini ham aniq ayting.