Vatikanning tashqi dunyo bilan uzluksiz aloqasini taʼminlaydigan uchta kuchli kompyuteri shaxsiy ismlarga ega. Axborot oqimi tobora ortib borayotgani sababli, bu kompyuterlar yaqin orada dosh berolmay qoladi va yangisini sotib olishga toʻgʻri keladi. Vatikan uchun sotib olish muammo emas, muammo unga nom berishda boʻladi, chunki toʻrtinchi kompyuterni dastlabki uchtasining anʼanasida nomlashga hech kim botinolmasa kerak. Aytgancha, dastlabki uchtasining ismi nima?