Lyudovik XIV saroyi haqida latifalar toʻplagan gersog Sen-Simon bir nodon aristokrat haqida soʻzlab bergan. Bir safar ushbu aristokrat devorda osilgan, bir xil va juda keng tarqalgan syujetda chizilgan rasmlar haqida mulohaza yurita boshlab, ularning hammasi bir rassomning moʻyqalamiga mansubligini aytadi. Hamma uning ustidan kula boshlaydi — har bir rasm oʻziga xos uslubda chizilgan edi. "Bemaʼnilik, — deb xitob qiladi u, — har bir rasmda rassomning imzosi bor-ku". Uning fikricha, bu rassomning ismi nima edi?
"INRI" — lotincha iboraning qisqartmasi boʻlib, tarjimasi "Nosiralik Iso, Yahudiylar Podshohi". Barcha rasmlarda xochga mixlanish tasvirlangan edi.