Bir kuni ushbu rassom moʻyqalamiga mansub portretni koʻrib, sanʼatdan bexabar bir kishi portretda kim tasvirlanganini soʻradi. Javob tariqasida oʻzi uchun mutlaqo notanish boʻlgan rassomning familiyasini eshitib, u buni (familiyani) asarning nomi deb oʻyladi. Bu nom unga gʻalati tuyuldi. "U nima, xristianmi?" — deb soʻradi u. Vaholanki, u xuddi shunday muvaffaqiyat bilan uning musulmon yoki buddist emasligini ham soʻrashi mumkin edi. Agar siz johil kishi ushbu ispancha familiyani qaysi tildan tarjima qilganini topsangiz, rassomning ismini qiyinchiliksiz aytasiz.