XI asrning ikkinchi oʻn yilligi oxirida Vizantiya malikalaridan biri Venetsiya doji huzuriga mehmon boʻlib keladi. Solnomalarda saqlanib qolgan maʼlumotlarga koʻra, goʻzal Venetsiyaning koʻplab moʻjizalari orasida uni ayniqsa BU hayratda qoldirgan. Jamoatchilik fikri va yozuvchilar bu zararli yangilikni bir ovozdan qoralashgan. Monastirlarda XVIII asrgacha BUNDAN foydalanish qatʼiyan man etilgan. Fransiya qiroli Genrix III ning ziyofatlarida BU borligi uning axloqsizligi haqidagi gap-soʻzlarni kuchaytirgan; "haqiqiy vatanparvarlar" BUNDAN foydalanishni qudratli va jasur xalqqa munosib emas deb hisoblashgan. BU nima?