Ilk bor 1379-yilda Fransiyada Karl V saroyida qayd etilgan. Angliyada XVII asrning ikkinchi yarmida, Ispaniyada esa faqat XX asr boshida paydo boʻlgan. Uni zararli yangilik deb hisoblashgan va hajviy asarlarda masxara qilishgan. "Qirol-Quyosh" oʻz huzurida bu buyumdan foydalanishni taqiqlagan. Ruhoniylar bu "iblis ixtirosi"ni laʼnatlashgan. Monastirlarda undan foydalanish taqiqlangan edi. Bu qaysi buyum?