Viski ishlab chiqaruvchi "Johnnie Walker" kompaniyasi oʻzining "Black Label", "Green Label", "Blue Label" kabi mahsulotlari bilan mashhur. Bundan bir necha yil oldin bu kompaniya oʻzining yangi mahsulotini chiqardi va unga bir mashhur serialdan ilhomlanib nom tanladi. Nom ikki soʻzdan iborat boʻlib, bu soʻzlardan biri rangni ifodalasa, yana biri kompaniya nomida uchraydigan soʻz. Diqqat savol: kompaniya qaysi serialdan ilhomlanganini topgan boʻlsangiz, oʻsha mahsulotga berilgan nomni yozib bering.