IKS soʻzini ilk bor VIII asrda Pireney yarim orolining musulmon qismida yashagan xristian yilnomachisi ishlatgan deb hisoblanadi. Puatye jangi tavsifida faqat Karl Martell jangchilari IKS deb atalgan, Ispaniyadan kelgan arablar emas. Koʻrinishidan, muallif shu yoʻl bilan xristianlarning umumiyligini taʼkidlamoqchi boʻlgan. Ikki unli qatnashgan soʻz bilan javob bering: IKS kim?