Quyosh soati — gnomon soyasining uzunligi oʻzgarishiga qarab vaqtni aniqlash asbobidir. Gnomon Injilda ham tilga olingan, ammo vaqtni oʻlchashning bunday usuli qachon ixtiro qilinganini hatto taxminan aniqlash ham qiyin. Quyosh soatlarining ayrim turlarida "qibla" chizigʻi paydo boʻlgan sanani ham bilmaymiz, lekin u milodiy VII asrdan oldin boʻlmagani aniq. Bu chiziq nima uchun kerak?