Miloddan avvalgi VII asrda yozilgan qadimgi Xitoyning "Oʻzgarishlar kitobi"da har bir qatorda 3 tadan boʻlgan 9 ta son keltirilgan. Birinchi qator — 4, 9, 2. Ikkinchi — 3, 5, 7. Uchinchi — 8, 1, 6. Ular nimani anglatadi?
Bu tarixdagi birinchi sehrli kvadrat. Kvadratning gorizontal, vertikal va diagonal boʻyicha barcha sonlar yigʻindisi teng.