Xitoy falsafasi, sanʼati va adabiyoti doimo numerologiyaga, muqaddas sonlar, geometrik shakllar, ranglar va predmetli obrazlar ramziyligiga moyil boʻlgan. "I-Szin"da soddalashtirilgan holda keltirilgan bu ramziylikning maʼnosi shunday: osmon oʻz tabiatiga koʻra yagona, yer esa predmetli shakllarning xilma-xilligida koʻp sonlidir. Shunday qilib, 1 soni va 9 gacha boʻlgan barcha toq sonlar osmon sonlaridir. 2 soni va 10 gacha boʻlgan barcha juft sonlar Yer sonlaridir. 1+2=3 osmon va yerning qoʻshilishi obrazi boʻlib, u faol Yan ibdosini ifodalaydi, shuningdek, yer va osmon farzandi boʻlgan insonni ramziy ifodalaydi. 3 sonini yil fasllariga mos keladigan songa, yaʼni 4 ga koʻpaytirilsa, 12 hosil boʻladi. Agar bu ham osmon soni boʻlsa, u nimani ifodalaydi?
Bu yildagi oylar soni va burjlar (zodiak) miqdori.