Miloddan avvalgi V asr oxiridagi yunon rassomi Zevksis katta shuhrat qozongan edi. Uning eng mashhur asari Yelena portreti boʻlgan. Zevksis oʻz ishi bilan shunchalik faxrlanganki, goʻzal Yelena portretini koʻrishni xohlovchilarga faqat pul evaziga koʻrsatgan va tez orada boyib ketgan. Buning uchun ellinlar rasmga ikkinchi nom berishgan. Ayting-chi, oʻtkir zehnli afinaliklar Zevksis chizgan Yelena portretini yunoncha nima deb atashgan?