Qadimgi yunon rassomi Zevksis o'z ijodiga juda talabchan edi. Bir kuni u qo'lida bir bosh uzum ushlab turgan bolani chizdi. Rasm ommaga namoyish etilganda, qushlar uchib kelib, uzumni cho'qiy boshlashdi. Tomoshabinlar rassomni olqishlay boshladilar, u esa juda norozi edi. Nimadan?
Bolani yetarlicha yaxshi chizmaganidan, chunki qushlar undan qo'rqmagan edi.