Diqqat qiling ular soʻzidan oʻndan ortiq harf tushib qolgan. Togʻay Murodning “Bu dunyoda oʻlib boʻlmaydi” asarining personajida shunday fikr bor: “...Ular kitobga qarab oʻylaydi, kitobga qarab fikrlaydi. Ular kitob sahifalarida yashaydi, kitobiy yashaydi. Shu sabab, kitoblardan ogʻzini toʻldirib sitatalar keltiradi, tarixdan saboqlar oʻqiydi. Ammo... koʻchat ekib, daraxt oʻstirolmaydi. Loy qorib, imorat qurolmaydi...Sababi, ularda hayotiy aql boʻlmaydi! Kitob boshqa, hayot boshqaligini tasavvur ham etolmaydi. Oqibat, hayot haqida qogʻozday quruq oʻylaydi, qogʻozday jonsiz oʻylaydi. Oʻylari hayotdan juda-juda olis boʻladi. Lekin ular oʻzlarini nihoyatda aqlli deb biladi, nihoyatda zamonaviy deb biladi...Aslida esa, ular jisman ham, ruhan ham zaif zotlar boʻladi...” Savol: Ularni qoʻsh undoshli soʻz bilan yozib bering.