zakovatklubi.uz

Ushbu soʻz tojikcha boʻlib oʻzbekchada “issiq oqim” maʼnosini bildiradi. Ha aytgancha senegallik yozuvchi Semben Usmonning “Xarmattan – issiq shamol” romani oʻzbekchada shu nomda nashr qilingan. Roman nomini yozib bering. || U Oʻzbekistonning janubiy hududlarida kuzatiladi. Ha aytganday Isoqjon Nishonovning shu nomdagi 14 kitobdan iborat romani bor. Uni ikki soʻzda yozib bering. || Uning yoʻnalishi Mirzachoʻldan Fargʻona vodiysiga. Davomiyligi yiliga oʻrtacha 40 kun. Ha aytgancha Anvar Muqimovning shu nomdagi hikoyasi borligini bilmasliklaringiz mumkin, ammo premyerasi 2019 yilda boʻlib oʻtgan ishchi nomi “Aybsiz aybdor” boʻlgan rejissyor Dilmurod Masaidovning filmi uni topishingizga yordam beradi. Uni 2 soʻzda yozib bering.

Manba