Ushbu savoldagi gaplarimizni dastlab qoʻshiqqa aylantirib bermoqchi ham boʻldik, keyin fikrimizdan qaytdik. Shuningdek, ushbu savolimizga jamoalar javob berish oʻrniga BU ISHNI qilishlarini ham soʻramoqchi boʻldik, lekin bizni notoʻgʻri tushunishsa, jinoiy javobgarlikka tortishlari mumkin edi. Agar jamoalar javob berish oʻrniga BU ISHNI qilganlarida edi, biz Islom sivilizatsiyasi markazi yoxud Amir Temur muzeyiga “sayohat” qilishimiz mumkin boʻlardi. Agar BU ISHNI qilmasangiz, Bozorboy Joʻraqulov sizdan xafa boʻlishi mumkin. Diqqat savol, BU ISHNI QILISH soʻzlari bilan almashtirilgan bir nechta soʻzlarni yozib bering.