zakovatklubi.uz

Jamoalar qizib olishi uchun nolinchi savol. Bu savolga jamoalar javob berishi shart emas! Bugun jamoalar savollarimizga javob topishga astoydil harakat qilishsa albatta maqsadga yetishadi. Bernard Shou fikricha Oʻtmishingga boqqaningda bosh kiyimingni olib, unga hurmat koʻrsatish. Kelajakka boqqaningda esa, BU ISHNI QILISH lozim. Oʻzbek tili izohli lugʻatida "BU ISHNI QILISH" biror yumushni bajarishga taxt boʻlmoq, biror ishni qilishga otlanmoq kabi maʼnolarni bildirishi yozilgan. Diqqat savol: Bu ishni qilish oʻrnidagi ikki soʻzni yozib bering.

Manba