zakovatklubi.uz

Ushbu savol uchun koʻrgazmali material mavjud. Savolni Grinberg beradi. 19-asrda Uelsning baʼzi maktablarida aniq bir maqsadga yoʻnaltirilgan jazo turi mavjud edi. Kun davomida oʻquvchilardan qaysi biri birinchi boʻlib BU ISHNI QILSA boʻyniga koʻrgazmali materialdagi “WN” [dablyu en] yozuvli yogʻoch boʻlakchasi ilib qoʻyilgan. Keyin oʻsha oʻquvchi boshqa bola BU ISHNI QILGANini eshitsa, yogʻochni uning boʻyniga ilgan. Shu tarzda estafeta davom etgan va kun oxirida qaysi bolada yogʻoch boʻlsa, oʻsha qattiq jazolangan. Savol: BU ISHNI QILISHni toping.

Manba