zakovatklubi.uz

Ushbu mashhur bolalar yozuvchisi oʻtgan asr boshlarida Britaniyada Norvegiyalik immigrantlar oilasida tugʻiladi. Ota-onasi unga mashhur vatandosh sayohatchining nomini berishga qaror qilishadi. II Jahon urushi vaqtida Qirollik Havo Kuchlarida uchuvchi, maxsus agent boʻlib xizmat qilgan. Oʻz asarlarida ishlatgan soʻzlari 250dan oshigʻini oʻzi oʻylab topgan. Hatto hozirda uning oʻylab topgan soʻzlarining izohli lugʻati Oxford Dictionary Press tomonidan yaratilgan. 10 dan oshiq sahnalashtirilgan asarlari bugungi kunda nafaqat bolalarning balki katta yoshdagilarning ham sevimli kinolaridir. U maktab davrida degustatorlik qilgan bir oziq-ovqat mahsulotini juda yaxshi koʻradi va deyarli juda koʻp asarlarida u haqida yozgan. Savol: Agar siz muallifning kimligini allaqachon topgan boʻlsangiz bizga uning eng sevimli va uni butun dunyoga mashhur qilgan asari nomini yozib bering?

Manba