zakovatklubi.uz

Ushbu kartina mashhur shokoladlar uchun konfet oʻramlarini loyihalashda ishlatilganidan keyin ancha mashhurlikka erishgan ekan. Yordam sifatida shuni aytish mumkinki oʻrmon shoxi ushbu kartinani chizishda qiyinchilikka duch kelgan ekan. Diqqat savol: Ushbu kartina nomini yozib bering. || Dengiz hukmdorining bir kartinasida ajoyib dengiz manzarasida bu shaxsning “figurasini chizish” sharafiga boshqa bir rassom sazovor boʻlgan. Diqqat savol: Kartinalar boʻyicha ekspert boʻlmasangizda bu shaxsni yozib bering. || Rassom ushbu shaxsning portretini shunchalik uzoq vaqt davomida chizganki, ushbu shaxs tayyor portretni koʻra olmasligini hazillashgan va shunday ham boʻlgan. Portretda uning chap qoʻli oʻlimidan keyin chizilgan va kartina 1845-yilda chizib tugatilgan. Diqqat savol: Ushbu kartinada kim tasvirlanganini yozib bering.

Manba