Siz koʻrib turgan kartina 1986-87-yillarda uncha mashxur boʻlmagan rus rassomi Vasiliy Krilov tomonidan chizilgan. Kartina tarixini oʻrganar ekanman - prezidentga maktub, “Navuxodonosor” kemasi katta ofitseri, qadimgi hind qahramonlik eposi haqida hamda boshqa koʻplab qiziqarli maʼlumotlarga duch keldim. Asarning oʻzi “X haqida mushohadalar” deb nomlanadi. Diqqat savol: Siz menga Xni emas, yuqoridagi maʼlumotlarni birlashtirib turuvchi familyani yozib bering