Uning vatani Xitoy. Miloddan avvalgi 15-asrda Koreya va Yaponiyaga, keyin Oʻrta Osiyo, Yaqin Sharq va Kavkazga kirib kelgan. Fransiya, Belgiya, Ispaniya va Portugaliyada uni “arab doni”, Italiya va Yunonistonda “turk doni”, Gemaniyada esa “majusiylar doni” deb atashgan. Bizda U rus tilidan kirib kelgan soʻz bilan ataladi. Lugʻatlarda Uning oʻzbekcha nomi marjumak ekani qayd qilingan. Savol: Uning bizdagi nomida qaysi millat tilga olinadi?