Manbaga koʻra, ushbu oʻsimlikni Markaziy Osiyodan Xitoyga Chjan Syan olib borgan. Shuningdek, manbada yozilishicha, bu oʻsimlik palagining uzunligi bir quloch, mevasining kattaligi nokga teng, poʻstlogʻi toshdek qattiq, u aroq ichish uchun ishlatiladi, dezinfeksiya qilish xususiyatiga ega. Diqqat! Ushbu oʻsimlikning nomini oʻzbekchada aniq yozib bering || Chjan Syan Xitoyga oʻzi bilan olib kelgan bu oʻsimlikka “Putou” deb nom bergan. Xitoylik olimning fikricha, ushbu oʻsimlik qadimiy forsiy tilda “Budav”, grek tilida “Butravz” deb atalgan. Oʻzbekistonda ushbu oʻsimlik nomi bilan ataladigan mashhur brend ham bor. Diqqat! Ushbu oʻsimlikning nomini oʻzbekchada yozib bering.