Uilyam Shekspir va “Globus”ning boshqa bir artisti Richard Berbij ayni bir ayolni sevib qolishadi. Bir safar ayol Richardni uyiga taklif qiladi, ammo Shekspir bundan xabar topib, Richarddan oldinroq uning uyiga boradi va ayolga koʻngil ochib, sonetlari bilan uni rom etadi. Richard yetib kelganida esa, eshikni Uilyam ochadi va deydi: “U shu yerda! Esingda boʻlsin, U Richarddan oldin boʻlgan!”. “U” bilan almashtirilgan soʻzni ikki soʻz bilan ayting.