Bir rivoyatga koʻra, kunlarning birida Richard III rolini oʻynagan aktyor bir muxlisasidan taklif oladi. Suhbatni eshitib qolgan Shekspir ayolning huzuriga oldinroq boradi va oʻz jozibasi bilan uni rom etadi. Aktyorning eʼtiroziga javoban Shekspir inkor etib boʻlmaydigan xronologik faktni keltiradi. Uning javobida birinchi boʻlib tilga olingan shaxsni ayting.