Tilshunos Orif Tolibning yozishicha, Volganing yuqori qirğoğida toğlar bõlib, bu toğlar atrofdan kulrang-sariq ranglarda kõrinadi. 1590-yilda shu toğ etaklarida barpo etilgan qõrğon nomi ham aslida shu makonga berilgan taʼrifdan hosil bõlgan. Bu hudud nomining kelib chiqishi hech qanday tarixiy shaxsga boğliq bõlmay, eski turkiy tildan olinganligi yana bir necha versiyalarda õz tasdiğini topgan. Diqqat, savol: ushbu toponim bugungi kunda qanday nomlanishini yozib bering.